Shifokorning o‘tinchi: "Iltimos, uni "maugli qiz" deb atamang"

Shifokorning o‘tinchi: "Iltimos, uni "maugli qiz" deb atamang"

15 mart kuni Moskva bosh pediatri Ismail Osmanov Moskvadagi uylardan birida axlatga to‘la xonadondan topilgan besh yoshli Lyubani maugli qiz deb atamaslikka chaqirdi, deb yozadi Interfaks .

Men butun hayoti davomida qo‘shimcha ruhiy zarba bo‘ladigan bunday atamadan foydalanmagan bo‘lar edim. Qizcha ijtimoiy hayotga qaytadi. Unda elementar ko‘nikmalarning borligi, o‘zini tutishi, atrofdagilarga qizishi hisobga olinsa, bunday atama unga umuman mos kelmaydi , deydi u.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, qizcha hozircha gapirmayapti. U yana 7 10 kun davomida kasalxonada bo‘ladi. Keyinchalik ham nutq patologiyasi markazi va sanatoriyada uning nutqini rivojlantirishga yordam ko‘rsatiladi hamda sog‘lig‘i doimiy ravishda nazorat qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, besh yoshli qiz 10 mart kuni Moskvadagi uylardan birida axlatga to‘la xonadondan ochlik va charchoqdan sillasi qurigan holda topilgan. Uning onasi hibsga olinib, ikki oyga ozodlikdan mahrum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!