Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Chaqaloq yig‘laganda...

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Chaqaloq yig‘laganda...

Farzandingiz yig‘lasa halovatingiz yo‘qolib, tashvishga tushib, nima sababdan yig‘layotganini bilmay qiynalarkansiz. Asablaringiz taranglashib, o‘zingizni qo‘yarga joy topa olmas ekansiz.

Yaqinda Allohning fazli va marhamati ila Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayh Hadis va hayot silsilasining “Yaxshilik va axloq kitobi” juzida bunday yozganlarini o‘qib qoldim: “Chaqaloq ko‘p yig‘lasa, oilada turli tashvish va qiyinchiliklarga sabab bo‘lsa, ota-ona siqilmasligi, achchiqlanmasligi kerak. Kitoblarimizda kelgan xabarlarga ko‘ra, chaqaloqning yig‘isi zikr, Allohning yagonaligini yodlash, hamdu sano, ota-onasining haqqiga duo va istig‘for hisoblanadi”.

Ushbu satrlarni o‘qib qalbim ancha taskin topdi, Alhamdulillah. Sizning ham qalbingiz xotirjam bo‘lsin deb ushbu ma’lumotni Sizga ilindim.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har bir ishda ummatlariga go‘zal namuna bo‘lganlaridek, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ham barcha ishlarda yo‘lboshchi, o‘rnak bo‘ldilar.

Alloh taolo Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhni O‘z rahmatingga olsin. Dinga qilgan xizmatlarini O‘zining roziligi bilan mukofotlasin!

Davron NURMUHAMMAD


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!