Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida qoldirgan yozuvlarni ko‘rsatishdi

Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida qoldirgan yozuvlarni ko‘rsatishdi

Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni Berlinda Bendestag raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston prezidentiga Bundestag tarixi va faoliyati haqida so‘zlab berildi va uning tarixiy qismi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Ma’lumot uchun: Bundestag binosi 1999 yilga qadar Reyxstag deb atalgan.

Ekskursiya davomida Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘zbekistonlik askarlar tomonidan, Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi. 1945 yilning may oyida qoldirgan ko‘plab yozuvlar orasida Tashkent degan yozuv va o‘zbek askarlarning ismi shariflari ham bor ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyovning Germaniya tashrifi 22 yanvarga qadar davom etadi. 22 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!