Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning 5 ta yo‘nalishini belgilab berdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning 5 ta yo‘nalishini belgilab berdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning 5 ta yo‘nalishini belgilab berdi. Bular tadbirkorlik, sanoat, agrar va ijtimoiy sohalar, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdir.

Xususan, videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari bu boradagi loyihalarni amalga oshirish orqali yuz minglab ish o‘rinlari yaratish, yangi ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish, millionlab kub metr suvni tejash mumkinligini ta’kidladi.

Darvoqe, suv ta’minoti haqida: Prezident kelgusi yilda uni viloyatda 60 foizga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!