Shahzodaga "LaLiga" tomonidan ajoyib sovg‘a berildi (foto)

Shahzodaga "LaLiga" tomonidan ajoyib sovg‘a berildi (foto)

Ma’lumki, san’atimizning maftunkor xonandasi Shahzoda "LaLiga"ning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, unga bo‘lgan ishonch yuksaldi va xonanda "LaLiga"ning Markaziy Osiyodagi elchisiga aylandi.

Shu kunlarda "LaLiga" o‘zining dunyoning turli mintaqasidagi barcha elchilariga maxsus koptok hadya qilmoqda! Yangi mavsum oldidan Shahzodaga rasmiy koptok sovg‘a qilindi, deya xabar berdi "popcornuz.com". Bu haqida Shahzodaning direktori Davron Muqimov ma’lum qildi va fotosuratlarni taqdim etdi. Shahzodani mana shunday navbatdagi katta yutug‘i bilan qutlaymiz va omad tilaymiz.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!