Shahrimizda 544 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tashkil etildi

Shahrimizda 544 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tashkil etildi

Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘z o‘rnida, tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish borasida ham qonunchilikda muhim qarorlar qabul qilinib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishni avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Bu esa, aholi hamda xorijiy investorlarning o‘z shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022 yil 1 - may holatiga ko‘ra 8,5 mingtani tashkil etib, ulardan 8,2 mingtasi yoki 97,2 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 0,8 mingtaga yoki 10,foizga ga oshganligini ko‘rish mumkin. Joriy yilning 2022 - yilning yanvar - aprel oylarida 544 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.

Aytish lozimki, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni savdoda 200ta, sanoatda 72ta, qurilishda 47ta, axborot va aloqada 76ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 19ta, tashish va saqlash 21tani tashkil etdi.

Tumanlar kesimida xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2022 - yil 1 - aprel holatiga ko‘ra, eng ko‘p qismi Mirobod tumanida 1 420 ta , Yakkasaroy tumanida 1 345 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanida 1 099 ta ash kil etgan. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning ash kam qismi Uchtepa – 285 ta, Bektemir 193 ta hamda Yangihayot 110 tani tashkil etgan.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!