Sevgisi sabab unvonidan voz kechdi! Yaponiya malikasi oddiy ishchiga turmushga chiqdi

Sevgisi sabab unvonidan voz kechdi! Yaponiya malikasi oddiy ishchiga turmushga chiqdi

Yaponiya imperatori Akixitoning amakivachchasi malika Ayako “Nippon Yusen” kompaniyasida oddiy xizmatchi bo‘lib ishlaydigan Key Moriyga turmushga chiqdi. Bu haqda “Minichi” gazetasi xabar berdi.

Marosim "Meydzi" ibodatxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda 30 nafar mehmon yaqinlar va do‘stlar ishtirok etdi. To‘y o‘zida o‘rta asrlar va zamonaviy urf-odatlarni birlashtirdi.

Ayako oddiy xizmatchiga turmushga chiqqanligi bois u imperator oilasining a’zosi maqomini yo‘qotdi. Biroq ba’zi ishlarni, xususan, ikki jamoat tashkilotidan biriga rahbarlik qilishni davom ettiradi.

Malikaning eri Yaponiyadagi yirik transport kompaniyalaridan biri Nippon Yusen”ning tadqiqotchisi bo‘lib ishlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!