Sayyohlar uchun foydali mobil ilova

Sayyohlar uchun foydali mobil ilova

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi Nekruz Patullayev “Ziyorat turizmi” bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tilli foydalanuvchilarga mo‘ljallab, android platformasida ishlovchi geolakasion tizim ishlab chiqdi, deya xabar qiladi akademiya matbuot xizmati. “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakultetining “Zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari” kafedrasining 4 kurs talabasi tomonidan tayyorlangan mazkur ilovadan foydalanuvchilar Buxoro viloyatining diniy, tarixiy, ma’daniy ziyoratgohlari suratlarini tomosha qilishi, Buxoroda joylashgan qadamjolar haqida batafsil ma’lumot olishi, ziyoratgohlarning onlayn xaritasidan foydalanishlari mumkin.

Buning uchun foydalanuvchi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining www.iiau.uz internet saytidan mobil ilovani yuklab olishi va android platformasida ishlovchi aloqa qurilmasiga o‘rnatishi lozim.

Ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Dasturni tuzuvchilar O‘zbekistonning YUNESKO tomonidan Butunjahon madaniy meros ob’ekti sifatida tan olingan obidalari va joylari haqida xorijiy sayyohlarga ma’lumot berish, O‘zbekiston madaniyati, san’ati va adabiyoti, o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosini aks ettiruvchi noyob eksponatlar jamlangan muzeylarni reklama qilish yo‘lida internet tarmog‘i imkoniyatlaridan

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!