Saudiyada ayollar Ka’baning kisvasini almashtirish marosimida ishtirok etishdi

Saudiyada ayollar Ka’baning kisvasini almashtirish marosimida ishtirok etishdi

Saudiya Arabistonida tarixda birinchi marta ayollar Ka’baning kisvasini almashtirish marosimida ishtirok etishdi. Ushbu muhim voqea qirollikdagi gender tengligi sari qadam qo‘yilganidan dalolat beradi.

Ilgari bu jarayon faqat erkaklar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, endilikda 159 nafar mutaxassisdan iborat jamoada ayollar ham bor edi. Oltin, kumush va ipakdan yasalgan kisva har yili yangilanadi va bir necha oy davomida tayyorlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!