Rossiya kuchli hujumga tayyorlanmoqda. Kiyevning maqsadi nima?

Rossiya kuchli hujumga tayyorlanmoqda. Kiyevning maqsadi nima?

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (BRB) rahbari Kirill Budanov NYT gazetasiga bergan izohida Ukraina armiyasi Xarkov viloyatidagi frontni bir necha kun ichida barqarorlashtirishini aytdi. Ammo Rossiya Sumi viloyatida yangi hujum boshlashi mumkin.

«Ayni damda bizning vazifamiz chiziqni barqarorlashtirish (Xarkov viloyatida – tahr.) », — dedi u va «Ukraina zaxiralarining oqimi ularning rejalarini qisman buzishga muvaffaq bo‘ldi», deya qo‘shimcha qildi.


Budanovning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Xarkov viloyatidagi hujumlari yana 3-4 kun davom etadi, shundan so‘ng ruslar Sumi yo‘nalishi bo‘yicha «kuchli hujum» qilishi kutilmoqda.

Ukraina rasmiylari Rossiya Sumi viloyati bilan chegara yaqinida qo‘shin to‘playotganini aytdi, deb yozadi NYT. Budanovga ko‘ra, Rossiyaning vazifalaridan biri mintaqada vahima urug‘ini ekishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!