Saudiya Arabistonida 31 maydan masjidlar ochiladi

Saudiya Arabistonida 31 maydan masjidlar ochiladi

Saudiya podshohligi rasmiylarining qarori bilan 8 Shavvol (31 may) dan boshlab Saudiyadagi barcha masjidlar (Masjidul Haromdan tashqari) ochiladigan bo‘ldi.  

Biroq koronavirus tarqalishi va karantinga amal qilish nuqtai nazaridan ayrim cheklovlar saqlanib qolinadi. Ulardan ayrimlari: 

1.  Ikki namozxon orasidagi masofa 2 metr bo‘lishi lozim.

2.  Har bir saf orasida bir saf bo‘sh qoldiriladi.

3.  Azon bilan iqomat orasi 10 daqiqadan oshirilmaydi.

4.  Masjidlar azondan 15 daqiqa oldin ochilib, namoz tugagandan 10 daqiqa so‘ng berkitiladi.

Shuningdek, 21 iyunga qadar mamlakatda komendatlik soatlari saqlanib qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!