Saraton kasalligiga chalingan murabbiy Sven-Yoran Eriksson xayrlashuv maktubini yozdi

Saraton kasalligiga chalingan murabbiy Sven-Yoran Eriksson xayrlashuv maktubini yozdi

Sven-Yoran Eriksson xayrlashuv murojaatini yozdi.

Angliya terma jamoasi va ko‘plab klublardagi faoliyati bilan mashhur bo‘lgan shvesiyalik mutaxassisga yanvar oyida saraton kasalligining terminal bosqichi tashxisi qo‘yilgan edi.

- Yaxshi hayot kechirdim. O‘ylashimcha, hammamiz olamdan o‘tadigan kunimizdan qo‘rqamiz. Lekin, hayot - bu o‘lim ham demakdir. Uni boricha qabul qilishni o‘rganishimiz kerak.

Siz meni qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilgan yaxshi inson sifatida eslab qolasiz deb umid qilaman. Xafa bo‘lmang, tabassum qiling. Hammasi uchun rahmat, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar... hammasi ajoyib o‘tdi. O‘zingiz va hayotingiz uchun g‘amxo‘rlik qiling. Uni yashang. Xayr!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!