Sankt-Peterburgda farzandini sotmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolga nisbatan ayblov tasdiqlandi

Sankt-Peterburgda farzandini sotmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolga nisbatan ayblov tasdiqlandi

27 yashar ayol ikki oylik o‘g‘lini sotayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ayol Korablestroiteley ko‘chasidagi 12-uy oldida farzandini tezkor-qidiruv tadbiri doirasida xaridor qiyofasidagi ayolga 280 ming rublga (4 ming dollardan ortiq) pullayotganda ushlangan.

Surishtiruv davomida ayol moddiy qiyinchilik tufayli bolasini sotishga qaror qilganini aytgan.

Hozir mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!