Samarqandda kondan 13,1 ming kub marmar noqonuniy qazib olindi

Samarqandda kondan 13,1 ming kub marmar noqonuniy qazib olindi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, “S.” AJ mas’ul shaxslari “Zarband (1978)” marmar konining kon ajratmasi bo‘yicha belgilangan chegaradan tashqarida o‘zboshimchalik bilan jami 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olib, tabiiy ob’ektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!