Samarqandda ikki yigitning o‘zaro janjali birining pichoqlab o‘ldirilishi bilan yakunlandi

Samarqandda ikki yigitning o‘zaro janjali birining pichoqlab o‘ldirilishi bilan yakunlandi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida ikki yigitning janjali birining pichoqlanishi bilan tugadi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, Repost xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 18 fevral kuni I.SH. va R.R. o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal vaqtida I.SH. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan R.R. tanasining turli qismlariga bir necha marta urgan. Oqibatda R.R. voqea joyida vafot etgan.

I.SH.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarga ko‘ra, 23 fevral kuni tuman mahallasidagi 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida viloyat prokurori R.Masharipov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilish natijasiga ko‘ra, bunday jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!