Saloh Klopp bilan mojaro haqida: "Agar bugun gapirsam, yong‘in chiqadi"

Saloh Klopp bilan mojaro haqida: "Agar bugun gapirsam, yong‘in chiqadi"

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh bosh murabbiy Yurgen Klopp bilan mojaro haqida gapirdi.

"Agar bugun gapirsam, yong‘in bo‘ladi", - deya Salohning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Angliya Premyer-ligasining 35-turidan o‘rin olgan bahsda “Liverpul” safarda “Vest Xem” bilan o‘ynadi.

Epizod o‘yinning 82-daqiqasida, Saloh zaxiradan maydonga tushishga hozirlik ko‘rayotgan vaqtda, bosh murabbiy bilan og‘zaki nizo kelib chiqqanida yuz berdi. Misrlikni uning yonida turgan Darvin Nunyes va Jo Gomes tinchlantirishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!