XVJ O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi prognozini 5,4%ga oshirdi

XVJ O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi prognozini 5,4%ga oshirdi

O‘zbekiston bilan 2024 yilgi maslahatlashuvlardan so‘ng XVJ missiyasi yakuniy bayonot berdi.

➡️ XVJ O‘zbekistonda rasmiy idoralarning islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy sa’y-harakatlari, ayniqsa, energetika, xususiylashtirish va davlat korxonalarini isloh qilish yo‘nalishidagi, iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga yordam berganini qayd etdi.
☑️YAIMning real o‘sishi yuqori bo‘lib, ichki talabning barqaror o‘sishi hisobiga 2024 yilda 5,4%ni tashkil etishi kutilmoqda va 2025 yilda 5,5%gacha oshishi prognoz qilinmoqda.

➡️Hukumat byudjet taqchilligini 2024 yilda YAIMning 4%igacha va 2025 yilda 3%iga qisqartirishni rejalashtirgan.
☑️Byudjetni konsolidasiya qilish davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va yaqin istiqbolda inflyasion bosimni pasaytirish uchun zarur hisoblanadi. Ayni paytda aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ko‘llab-quvvatlash va o‘rta muddatli davrda iqtisodiyot samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi.

➡️Davlat banklarini isloh qilish ustuvor vazifa bo‘lib qolishi bilan birga, ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish, tijorat maqsadlariga erishish va banklarni xususiylashtirishga tayyorlashga ham e’tibor qaratish kerak.
☑️Barcha notijorat faoliyat turlarini byudjetga o‘tkazish zarur yoki byudjetdan tegishli xarajatlarni qoplashning shaffof usulini yaratish kerak. Tijorat banklarida davlat ulushi saqlanib qolishining maqsadga muvofiqligi doimiy baholab borilishi kerak.

➡️Biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyotni diversifikasiya qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan birga inflyasiyani pasaytirishda yordam beradi.
☑️Rasmiy organlar JST a’zo bo‘lish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. JSTga a’zo bo‘lish qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalarini mustahkamlash va transport yo‘nalishlarini takomillashtirish bilan birga, O‘zbekiston eksportining o‘sishini ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!