Ukrainada Rossiya FXX agenti qo‘lga tushdi

Ukrainada Rossiya FXX agenti qo‘lga tushdi

Xarkovda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati agenti qo‘lga olindi, deb xabar berdi Ukraina xavfsizlik xizmati.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli shaxs Ukraina qurolli kuchlarining Xarkov mudofaasiga jalb qilingan bo‘linmalari haqida ma’lumot to‘plagan.

Aytilishicha, agar u «kerakli » joylarni aniqlasa, ularni yashirincha suratga olgan va buyurtmachilarga «hisobot» tayyorlash uchun Google xaritasida koordinatalarni belgilab bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!