«Termiz xalqaro savdo markazi»da to‘lovlarni dollar, yevro, rubl va yuanda amalga oshirishga ruxsat berildi

«Termiz xalqaro savdo markazi»da to‘lovlarni dollar, yevro, rubl va yuanda amalga oshirishga ruxsat berildi

«Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasida quyidagilarga ruxsat berildi:

– markaz hududida faoliyat yurituvchi sub’ektlarda Afg‘oniston va chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomasi asosida ishlashiga;

– ulgurji va chakana savdo uchun to‘lov sifatida AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalarini qabul qilishga;

– Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, istisno tariqasida mulk huquqi bilan sotib olishga.

Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda o‘n besh muddatgacha markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!