Keniyada suv toshqinlari qurbonlari soni 300 nafarga yetdi

Keniyada suv toshqinlari qurbonlari soni 300 nafarga yetdi

Keniyada bir necha hafta davom etgan kuchli yomg‘irlar qurbonlari soni 289 kishiga yetdi, so‘nggi 24 soat ichida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda seshanba kuni mamlakat rasmiylari ma’lum qildi, deb xabar beradi Xinhua.

Keniya Milliy hukumati ichki ishlar va muvofiqlashtirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan halokatli suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli 285.600 kishi uyini tark etishga majbur bo‘lgan, 412.336 kishi esa yomon ob-havodan zarar ko‘rgan.

“Suv toshqinlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan tarmoqlar transport, uy-joy, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi bo‘ldi”, — deyiladi rasmiylarning Keniya poytaxti Nayrobidagi bayonotida.

Rasmiylar ayni damda shikastlangan yo‘llar holatini baholamoqda va avtomobil yo‘llarining muhim qismlarini tiklash hamda xavfsiz harakatni ta’minlash uchun resurslarni safarbar qilmoqda.

Qayd etilganidek, suv toshqinlari keltirgan katta zarar tufayli ayrim maktablar yopilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!