Tashqi ishlar vazirligida Yevropa komissiyasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tashqi ishlar vazirligida Yevropa komissiyasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024 yil 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Samarqandda bo‘lib o‘tgan Osiyo ayollar forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Bosh direktoratining inson taraqqiyoti, migrasiya, boshqaruv va tinchlik boshqarmasi direktori Erika Gerretsen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

E.Gerretsen yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mavqeini yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni yuqori baholadi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, O‘zbekiston-Evropa Ittifoqi kun tartibini amaliy boyitish muhimligi qayd etildi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar yuzasidan ham fikr almashildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!