BYD o‘zining ilk pikapini taqdim qildi

BYD o‘zining ilk pikapini taqdim qildi

"Shark" nomini olgan avtomobilning premyerasi Meksikada o‘tkazildi, ilk sotuvlar ham ushbu davlatda bo‘ladi.

Pikap gibrid bo‘lib, u 29,58 KW•h batareya bilan jihozlangan. Bu pikapga faqat elektrda 100 km masofa bosib o‘tish imkonini beradi. Bir marta to‘la benzin baki va bir martalik to‘liq quvvatlanish bilan esa bu masofa 840 kmga yetadi. Maksimal tezligi soatiga 160 km. 100 km tezlikka esa 5,7 soniyada tezlashadi.

Pikap 2 pozisiyada — GL va GS sotiladi. Ularning narxi esa mos ravishda 53 400 hamda 57 400 dollarni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!