«Ruscha gapirish gunohmi?» — Shukurulloh domla Egamberdiyev boshqa tillarda gapirishga munosabat bildirdi

«Ruscha gapirish gunohmi?» — Shukurulloh domla Egamberdiyev boshqa tillarda gapirishga munosabat bildirdi

Farg‘ona viloyati Toshloq tumani bosh imom-xatibi Shukurulloh Egamberdiyev o‘zbek tilidan boshqa tillarda gapirilishiga munosabat bildirdi.

«Ba’zi bir ‘chala bilimdonlar’ bor. Nima bu ruscha? Nima ruscha gapirish gunohmi? Xom oshqovoq, til — ilm-ku. Mana, koreys tilini, xitoy tilini bilgan bolalar zo‘r pul topib yurishibdi. Til bilmaganlar yuribdi, ko‘cha supurib.

Agar tilni bilganda ming dollar olardi. Tilni bilish yaxshi narsa. Xullas, tojikcha gapiramizmi, oraga ruscha qo‘shamizmi, nima qo‘shsak ham maqsad bitta — tushunsalaring bo‘ldi», — deydi imom-xatib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!