Ruandadagi prezidentlik saylovida amaldagi davlat rahbari yetakchilik qilmoqda

 Ruandadagi prezidentlik saylovida amaldagi davlat rahbari yetakchilik qilmoqda

Ruandada 15 iyul kuni umummilliy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Shu kuni prezidentdan tashqari, parlament deputatlari ham saylangan.

Ruandaning amaldagi prezidenti Pol Kagame davlat rahbarligi uchun o‘tkazilgan saylovda, varaqalarning 79 foizi sanab bo‘lingach, 99,15 foiz (7,1 mln) ovoz to‘pladi. Uning raqiblari — yashillar yetakchisi Frenk Xabineza va mustaqil nomzod tegishli ravishda 0,53 va 0,32 foizdan ovoz to‘plagan.

66 yoshli Pol Kagame 2000 yildan buyon prezidentlik lavozimini egallab turibdi. Navbatdagi saylovdan so‘ng u Ruandani kamida 2029 yilgacha boshqaradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!