Rossiyada og‘ir vaziyatda qolgan yana 17 nafar fuqaro olib kelindi

Rossiyada og‘ir vaziyatda qolgan yana 17 nafar fuqaro olib kelindi

Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xalqaro migrasiya tashkiloti bilan kelishuvga muvofiq, Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz charter reys orqali mamlakatimizga olib kelingani haqida xabar berilgan edi (https://t.me/migratsiyaagentligi/882).

Bugun ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 17 nafari Moskva shahridan charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, Xalqaro migrasiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi ko‘magida olib kelingan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!