Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Butunjahon do‘stlik o‘yinlari bekor qilindi

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Butunjahon do‘stlik o‘yinlari bekor qilindi

📌Keyingi yili Parijdagi Olimpiadaga muqobil musobaqalar bo‘lib o‘tishi mumkin, dedi mamlakat og‘ir atletika federasiyasi prezidenti Maksim Agapitov bekor qilish sabablarini tushuntirmadi;
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federasiyasiga Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga ruxsat berilmagan. Uning fuqarolari musobaqalarda mamlakatni ko‘rsatmasdan, faqat «individual neytral sportchilar» sifatida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun jamoaviy musobaqalar bundan mustasno.

⛔️Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qarori Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan sanksiya sifatida qabul qilindi. Shu munosabat bilan rasmiylar norozilik belgisi sifatida 26 iyul kuni Parijda ochiladigan musobaqalarni federal telekanallarda namoyish etmaslikka qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!