Mayk Tayson Krouford-Madrimov jangi borasida xolis hukmini aytdi

Mayk Tayson Krouford-Madrimov jangi borasida xolis hukmini aytdi

Terens Krouford shu oy boshida birinchi marta to‘rt divizion jahon chempioniga aylangan edi.

Impaulsive podcast'da so‘zlagan og‘ir vazn toifasi sobiq jahon chempioni Mayk Tayson jang haqida o‘z xulosasini aytdi.

«Men hozirgina Kroufordning so‘nggi jangidan keldim. Men uni qiyin raqib ekan deb o‘yladim. So‘nggi ikki raundda Krouford «kombek» qilganidan xursandman. U yigit juda noqulay va kuchli edi.

Krouford har kim bilan jang qiladi degan gapga men qo‘shilmayman, chunki keyingi jangingizda yomon ahvolga tushib qolmaslik uchun yaxshi ko‘rinishingiz kerak. Siz raqib bilan jang qilasiz va yaxshi taasurot qoldirmaysiz, muxlislar esa «ha, men buni ko‘rishni xohlamayman, u keyingi raqibga qarshi yaxshi taasurot qoldirmaydi» deyishadi.

Madrimov yugurib jang qildi. Krouford bunday harakatga o‘rganmagan. O‘ta noqulay».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!