Rossiya yashirin safarbarlikni rejalashtirmoqda

Rossiya yashirin safarbarlikni rejalashtirmoqda

Harbiylar yetishmovchiligi tufayli Rossiya yashirin safarbarlikni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Bild.

Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, Ukrainadagi urushda 110 mingdan 140 ming nafargacha rus askari halok bo‘lgan. Ukrainadagi mahsus harbiy operasiyada ishtirok etuvchilar katta to‘lovlar evaziga jalb qilinmoqda. Moskva yil boshidan buyon frontdagi qo‘shinlari sonini 400 ming kishidan 600 mingga oshirdi, yil oxiriga qadar esa uni 800 mingga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Bild tahlilchilarining yozishicha, harbiy xizmatga jalb etiluvchi inson resurslari tugab bormoqda, shuning uchun Putin Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumidan foydalangan holda, rasmiy ravishda e’lon qilmasdan yashirin safarbarlikni boshlashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!