Rossiya va Xitoy qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Rossiya va Xitoy qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

"North-Joint 2024 nt2024 mashg‘ulotlari sentyabr oyining oxirigacha o‘tkaziladi. Uning maqsadi Rossiya va Xitoy qurolli kuchlari o‘rtasidagi strategik hamkorlikni chuqurlashtirish va ularning xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish qobiliyatini mustahkamlashdir", deyiladi Xitoy Mudofaa vazirligi bayonotida.

Har ikki davlatning harbiy-dengiz kuchlari va harbiy aviasiyasi Rossiya Federasiyasining Yapon dengizi va Oxota dengizlari sohilidagi maahg‘ulotlarda ishtirok etadi. Mashg‘ulot doirasida Rossiya va Xitoy Tinch okeanining boshqa hududlariga ham qo‘shma dengiz patrullarini jo‘natishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!