Rossiya Indoneziya bilan palma yog‘i evaziga Cu-45 yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni qayta tiklashga tayyor

Rossiya Indoneziya bilan palma yog‘i evaziga Cu-45 yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni qayta tiklashga tayyor

Rossiyaning Indoneziyadagi elchixonasi harbiy attashesi Maksim Lukyanov Moskva Jakarta bilan Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Indoneziyaning Tempo portali.

«Agar Indoneziya yana Su-35 samolyotlarini sotib olmoqchi bo‘lsa... Indoneziyaga yetkazib berishga tayyormiz, albatta, agar Jakarta tomonidan istak bo‘lsa. Biz bu borada muzokaralar olib borishga tayyormiz», — dedi Lukyanov brifingda.

1,14 milliard dollarlik kelishuv 2019 yilda muhokama qilina boshlagan, biroq u hech qachon amalga oshmagan. Mamlakat Mudofaa vazirligi Rossiyaga kauchuk va palma yog‘i yetkazib berish evaziga 11 ta Su-35 qiruvchi samolyotini sotib olishni rejalashtirgan edi. Mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Ryamizard Ryakudu shartnoma imzolangani haqida xabar bergan, biroq Indoneziya Savdo vazirligi kelishuvni to‘xtatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!