Rossiya Buyuk Britaniyani o‘z o‘rnidan mahrum qildi

Rossiya Buyuk Britaniyani o‘z o‘rnidan mahrum qildi

Stokgolm dunyo muammolarini tadqiq etish xalqaro instituti (SIPRI) Rossiya 2000 yildan boshlab ilk marotiba dunyoda qurol-yaroq sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi, deb xulosa qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Institut ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilda Rossiya qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi yirik korxonalari savdosining umumiy hajmi 9,5 foizga yetgan.

Katta ilmiy xodim Simon Vezemanning ta’kidlashicha, 2011 yildan buyon Rossiya kompaniyalari o‘zlari ishlab chiqarayotgan qurol-yarog‘ savdo hajmini ancha ko‘paytirgan.

Tadqiqotchi ushbu o‘sish Rossiyada qurollanish modernizasiya loyihasi doirasida bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. Institut talqiniga ko‘ra, Rossiyaning yetakchi 100 ta kompaniyalaridan o‘ntasining umumiy savdosi 2017 yil mobaynida 8,5 foizga oshgan.

2002 yildan buyon Buyuk Britaniya dunyoda qurol-yaroq sotish bo‘yicha ikkinchi pog‘onani egallab kelmoqda edi, biroq dushanba kuni e’lon qilingan reytingda 9 foiz ulush bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi. Bu sohada 57 foiz ulush bilan AQSh yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, PVO va PRO mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Rossiya “Almaz-Antey” korxonasi ilk marotiba qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar o‘ntaligiga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!