Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida AQShning KXDRga qarshi sanksiyalar haqidagi rezolyusiyasiga veto qo‘ydi, hujjat qabul qilinmadi

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida AQShning KXDRga qarshi sanksiyalar haqidagi rezolyusiyasiga veto qo‘ydi, hujjat qabul qilinmadi

Yapon dengizi yo‘nalishida ballistik raketalar uchirilgani uchun KXDRga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilish rejalashtirilgan.

Rezolyusiya loyihasida Shimoliy Koreyaning raketa va yadroviy dasturlari rivojlanishiga ta’sir qilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha cheklovlar ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar BMTga ballistik raketalarni uchirish va qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazish, shuningdek, yadro qurolini yetkazib berishning boshqa barcha vositalarini taqiqlashni uzaytirishni taklif qildi.

Loyihada KXDRga xom neft va neft mahsulotlari eksportini qisqartirish ham ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!