"Rossiya bilan bitim": Tramp nega hech bir prezident qilmagan ishni qilmoqchi?

"Rossiya bilan bitim": Tramp nega hech bir prezident qilmagan ishni qilmoqchi?

Donald Tramp vazirlar bilan yangi yadroviy bitimni tayyorlash haqida muzokalar o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti CNN telekanaliga asosan xabar qildi.

Prezident ma’muriyati yuqori lavozimli vakillari so‘zlariga ko‘ra, prezident qurol ustidan nazoratda Rossiya va Xitoy ishtirok etishini istamoqda. Bundan tashqari, bitim barcha qurol turlarini o‘z ichiga olishi shart.

Prezidentga imkon qadar tezroq loyihani taqdim etish uchun harakat qilamiz , - deb qo‘shimcha qildi amaldor.

Bundan avval hech qanday prezident administrasiyasi bunday urinish qilmagan. Yaqinda Amerika yetakchisi hamma, shu jumladan Moskva va Pekin yadroviy quroldan qutulishi zarur deb hisoblashini aytgandi.

Mart oyi yakunida Sputnik agentligi Tramp Shimoliy Koreya yetakchsi Kim Chen Indan KXDR qurolini AQShga topshirishni so‘raganligi haqida xabar bergandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Xanoyedagi sammit vaqtida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga Qo‘shma Shtatlarga yadroviy qurol va bombalar uchun yoqilg‘ini topshirish chaqirig‘i aks etgan hujjatni topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!