Rossiya benzin eksport qilish ruxsatini uzaytirdi

Rossiya benzin eksport qilish ruxsatini uzaytirdi

Rossiya Federasiyasi Vazirlar Mahkamasi yoqilg‘i ishlab chiqaruvchilar uchun benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni vaqtincha bekor qilish muddatini 2024-yil 31-iyulgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bu haqda Rossiya hukumati qarorida aytilgan.

“2024 yil 30 iyungacha” degan so‘zlar “2024-yil 31-iyulgacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin”, — deyiladi hujjatda.

Energetika vazirligi rahbari Sergey Sivilevning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati hozirda yoqilg‘i bozori taklif bilan to‘yinganligi sababli bunday qarorga kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!