Ronaldu kelasi mavsum ham "Manchester Yunayted"da o‘ynaydigan bo‘ldi

Ronaldu kelasi mavsum ham "Manchester Yunayted"da o‘ynaydigan bo‘ldi

Krishtianu Ronaldu va "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag suhbat o‘tkazishdi, unda tomonlar "Old Trafford"da portugaliyalik yulduzning kelajagi haqida gaplashishdi.

Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tdi. Tomonlar Krishtianu kelasi mavsumni “qizil iblislar” safida o‘tkazishiga kelishib oldi.

37 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda APLda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. KriRoning "mankunianliklar" bilan amaldagi shartnomasi muddati kelasi yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!