Rekord yangilandi! Yana 217 yurtdoshimiz koronavirusni yengdi

Rekord yangilandi! Yana 217 yurtdoshimiz koronavirusni yengdi

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida yana 2 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 41 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida yana 18 nafar, 3-son tug‘ruq kompleksida 5 nafar, jami 90 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi.

❗️Ta’kidlash joizki, avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent va Namanganda 127 nafar bemor sog‘aygandi. Shu tariqa shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun 217 nafar inson koronavirus infeksiyasida forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi rekord ko‘rsatkich 27 iyun kuni qayd etilgan bo‘lib, 202 nafar bemor tuzalgan va uyiga kuzatilgandi. 

❗️E’tiborli jihati, bugunning o‘zida poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarida 212 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan sog‘ayganlar soni 3837 nafarga yetdi.

‼️Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 6251 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!