Rasman: "Real" hujumchisi Qatar klubiga ko‘chib o‘tdi

Rasman: "Real" hujumchisi Qatar klubiga ko‘chib o‘tdi

Ispaniyalik hujumchi Xoselu yangi jamoaga o‘tdi.

Qatarning «Al-Garafa» klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida «Real»ning 34 yoshli sobiq forvardi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Avvalroq, "Los Blankos" futbolchining madridliklar jamoasini tark etishini rasman e’lon qilgandi. OAVda ispaniyalikning Qatar klubi bilan shartnomasi ikki yilga mo‘ljallangani, ma’lum shartlar bajarilgach, shartnoma bir yilga uzaytirilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. «Real» bu transfer uchun 1,5 million yevro oladi.

Xoselu 2023 yilning yozidan beri «Real»da o‘ynamoqda. U klub safida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!