«Rangsiz tushlar» filmining katta premyerasi sanasi ma’lum bo‘ldi

«Rangsiz tushlar» filmining katta premyerasi sanasi ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 17 dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmining namoyishi bo‘lib o‘tgan edi. 24 dekabr kuni ham ushbu saroyda «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan «Rangsiz tushlar» badiiy filmining katta premyerasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Premyera avvalida esa ayollar muammolariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda O‘zbekkino milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Filmda uzoq yillik mahkumlikdan so‘ng, ozodlikka chiqqan ayol – Kashmiraning jamiyatga moslashishidagi qiyinchiliklar hikoya qilinadi.

Filmda rollarni Feruza Saidova, Karim Mirhodiyev, Shohida Ismoilova, Bekzod Abdumuhitov va Asal Abdullayevalar ijro etgan. Ssenariy muallifi Umid Hamdamov, postanovkachi operator Azizbek Arziqulov, rassom Shamshod Ibrohimov, kompozitor Ubaydullo Karimov.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!