Rahmonaliyev: “Fayzullayev Yevropaning top klubida o‘ynay oladi”

Rahmonaliyev: “Fayzullayev Yevropaning top klubida o‘ynay oladi”

“Rubin” klubining o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev hamyurti, “SSKA” futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning imkoniyatlariga baho berdi.

Rahmonaliyevning so‘zlariga ko‘ra, “SSKA”ning yosh yulduzi kelajakda Yevropaning top klublarida o‘ynash uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Shu bilan birga, Umarali Abbosbek Fayzullayev Yevropaga ko‘chib o‘tish uchun o‘z ustida ishlashda davom etishi kerakligini ta’kidladi.

“Yuz foiz Abbosbek Fayzullayev yaxshi futbolchi bo‘lib yetishishi va Yevropaning top klubida o‘ynashi mumkin. O‘ylaymanki, xorijda to‘p surayotgan barcha o‘zbek futbolchilari istalgan joyda o‘ynay oladi. Lekin siz o‘zingizga ishonishingiz va ishlashda davom etishingiz kerak. Abbos juda yaxshi yigit va ajoyib futbolchi”, — dedi Rahmonaliyev chempionat muxbiri Vladislav Kruglov bilan suhbatda.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!