Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi (video)

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi (video)

Qozog‘istonda 16 aprel kuni 1990 1991 yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs O‘zbekiston fuqarosi S.Yani o‘zi yashaydigan uydan kuch ishlatib o‘g‘irlab ketgan, deb xabar beradi Zakon.kz .

Daryo nashriga ko‘ra, ular jabrlanuvchi fuqaroning do‘sti O‘zbekiston fuqarosi M.Sdan 300 ming tanga talab qilgan. Aniqlanishicha, jinoyatchilar avvalroq M.Sdan qo‘rqitish usuli bilan 100 ming tanga undirgan.

Hozirda uch nafar shaxsning hammasi qo‘lga olingan. Shuningdek, jabrlanuvchilardan biriga tegishli Lada Largus avtomashinasi kaliti musodara qilingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur holat aks etgan videni telegramdagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!