Qozog‘istonda OAV faoliyatini cheklovchi yangi qonun imzolandi

Qozog‘istonda OAV faoliyatini cheklovchi yangi qonun imzolandi

Jurnalistika muhitini yaxshilash bahonasida Qozog‘iston prezidenti "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.

Bu esa Chegara bilmas muxbirlar (RSF) tashkiloti tomonidan prezident o‘z hukumatining matbuot ustidan nazoratini kuchaytirishga urinyapti degan xulosasiga sabab bo‘ldi.

Prezident Qosim-Jomart To‘qayev 19 iyun kuni e’lon qilgan "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi qonunning belgilangan maqsadi jurnalistlarga axborotni tadqiq qilish va tarqatish ishlari uchun yanada yaxshi kafolatlar berishdan iborat . Lekin amalda u asosan mavjud qonunlarni qayta ko‘rib chiqib, ommaviy axborot vositalarini himoya qilishdan ko‘ra nazorat qilishga intilishi aytiladi.

Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti qonunni bekor qilish va uni haqiqiy islohot bilan almashtirishga chaqirib, Qozog‘iston jurnalistlarini ta’qib qilish uchun qonunchilikning kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi.

"Prezident Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan imzolangan qonun jurnalistlarning mehnat muhiti va himoyasini yaxshilashdan tashqari, aslida ularni senzura qilish uchun ishlatilishi mumkin. Qozog‘iston bu yilgi Jahon matbuot erkinligi indeksida sakkiz pog‘ona pastlaganini hisobga olib, tashkilot prezidentni yana bir bor o‘ylab ko‘rishga chaqiradi" deydi RSF`ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i Jeanne Caveliyer.

Ma’lumot o‘rnida Qonunning 1-moddasida ommaviy axborot vositalarining ta’rifi mavjud bo‘lib, unda ommaviy axborot vositalari faoliyatini boshlashdan oldin ruxsat olish talabini bilvosita kiritadi, bu esa matbuot erkinligi tamoyiliga ziddir.

Shuningdek, xorijiy jurnalistlarning Qozog‘istonda akkreditasiyasiz ishlashini taqiqlaydi (30-modda). Hozirgi siyosiy kontekstda bu yangi chora hokimiyatni tanqid qiluvchi OAVda ishlaydigan muxbirlarning o‘zboshimchalik bilan taqiqlanishi ehtimoli ko‘proq bo‘ladi, degan xavotir bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!