Qozog‘istonda bir kun ichida 3 ta yer silkinishi yuz berdi

Qozog‘istonda bir kun ichida 3 ta yer silkinishi yuz berdi

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 18 avgustda 3 ta yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Qozog‘iston seysmologik tajriba-metodik ekspedisiyasi saytida ma’lum qilindi

Er silkinishlardan birinchisi soat 5:07 da Olmaotadan 145 km uzoqlikda yuz bergan va magnitudasi 5,4 ballni tashkil qilgan. Uning o‘chog‘i 5 km chuqurlikda  bo‘lgan. Shuningdek, soat 6:38da Olmaotadan 250 km shimolda 4,6 magnitudali ikkinchi yer silkinishi qayd etilgan. Uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. 

Uchinchi yer silkinishi Olmaotadan 78 km shimolda qayd qilinib, magnitudasi 4,9 ballni tashkil qilgan. Uning o‘chog‘i 20 m chuqurlikda joylashgan.

Er silkinishlari oqibatida jabrlanganlar va talofatlar haqida xabar berilmagan. Olmaota viloyati va Jarkent shahri favqulodda vaziyatlar departamentlarida tezkor shtablar va “qaynoq telefon liniyalari” tashkil etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!