Qozog‘iston yarim yil ichida loukoster tashkil qilmoqchi. O‘zbekistonda bunday masalani 2018 yil oxirigacha yopish rejalashtirilgan edi

Qozog‘iston yarim yil ichida loukoster tashkil qilmoqchi. O‘zbekistonda bunday masalani 2018 yil oxirigacha yopish rejalashtirilgan edi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev loukost-kompaniya yaratishni topshirdi. «Eyr Astana» rejalariga ko‘ra, ushbu kompaniya may oyidayoq ishlashni boshlaydi, deb yozadi Spot.

Investisiyalar va rivojlanish bo‘yicha vazir Jenis Kasimbekning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyani yaratish haqidagi qaror allaqachon «Eyr Astana» kompaniyasi direktorlar kengashida qabul qilingan.

Kasimbekning ta’kidlashicha, bu «normal amaliyot», chunki «barcha yirik aviakompaniyalar tegishli byudjet bo‘linmalariga ega».

«Biz ‘Eyr Asatana’ kompaniyani yarim yil ichida yaratishini rejalashtirmoqdamiz. Kelasi yil kompaniya 8 tacha yangi kemalarni sotib oladi, va bu kemalarning bir qismi yangi aviakompaniyaga o‘tadi», — deya qo‘shib qo‘ydi u.

Shuningdek, uning ma’lum qilishicha, narxlarning ancha tushishi kutilmoqda. Bugungi kunda Ostona—Olmaota yo‘nalishida o‘rtacha narx 32—34 ming tenge, chiptalar 16—18 mingga arzonlashishi mumkin.

Bunga transportda o‘tirish joylari ko‘proq, o‘rindiqlar orasidagi masofa kichikroq bo‘lishi, yuklar alohida tashilishi hisobiga erishiladi.

Avvalroq 2018 yil oxirigacha O‘zbekistonda milliy loukoster tashkil etilishi, unda, masalan, Toshkentdan Moskvaga uchish narxi taxminan 100 dollar bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

Keyinroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unda 2018 yil 1 maygacha Vazirlar Mahkamasiga «O‘zbekiston havo yo‘llari» huzurida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolarni pasaytirilgan tariflarda tashuvchi kambyudjetli aviakompaniya (loukoster) tashkil etish to‘g‘risida takliflarni kiritish nazarda tutilgan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!