Qoraqalpog‘istondagi bog‘cha rahbarlariga jinoiy ish ochildi

Qoraqalpog‘istondagi bog‘cha rahbarlariga jinoiy ish ochildi

Beruniy tumanidagi 16-bog‘chaning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mansabdor shaxslar o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan juda ko‘p miqdordagi ish haqlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Bu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgan. Prokuratura shu xabar yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan.

16-bog‘cha mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!