Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda bir qator viloyatlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda bir qator viloyatlarda  qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi.

Bu borada ishchi organ etib belgilangan Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida to‘lov tariflariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar, xususan, ish haqi 1,5 baravarga, avtotransport yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va ehtiyot qismlari qiymati hamda kommunal xizmatlar, jumladan, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suvi narxlari 2 baravarga, siqilgan tabiiy gaz narxi 4 baravarga, benzin 1,5 baravarga, dizel yoqilg‘isi esa 2 baravarga oshgan.

Biroq chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar tariflari oxirgi 2-4 yil davomida qayta ko‘rib chiqilmagan, bu esa sanitar tozalash korxonalarining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!