Qirg‘izistonda takroriy parlament saylovlari dekabr oyida o‘tkaziladi

Qirg‘izistonda takroriy parlament saylovlari dekabr oyida o‘tkaziladi

Jo‘qorg‘i Kenesh (Qirg‘iziston parlamenti)ga qayta saylovlar 2020 yil 20 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Tegishli qarorni mamlakat Markaziy saylov komissiyasi 21 oktyabr kuni qabul qildi.

Avvalroq MSK raisi Nurjan Shayldabekova respublika prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tadigan ehtimoliy sanani kelasi yilning 17 yanvari deb aytgan edi. «Muddatidan avvalgi prezident saylovlarini Jo‘qorg‘i Kenesh belgilaydi», — degan edi u.

Qirg‘izistonda 5 oktyabrdan buyon parlament saylovi natijalaridan norozilik sababli yuzaga kelgan siyosiy inqiroz davom etmoqda. Muxolifat partiyalari saylov natijalaridan norozi bo‘ldi, mamlakatda norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlandi. Shundan so‘ng saylov natijalari bekor qilindi va hukumat iste’foga chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!