Qashqadaryoda yigitlar qizlarning suratini fotoshop qilib, pul ishlamoqchi bo‘ldi

Qashqadaryoda yigitlar qizlarning suratini fotoshop qilib, pul ishlamoqchi bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Muborak tumanida yashovchi fuqarolar Olim va Odil (barcha ismlar o‘zgartirilgan) Telegram orqali tanishib qolgan dehqonobodlik qizlar — Odina va Zarinaning fotoshop qilingan suratini internetda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, ulardan pul talab qilgan. Bu haqda «Daryo» ma’lum qildi.

«Shahrisabz shahri va Muborak tumanida yashovchi fuqarolar — Olim va Odillar o‘zlarini oshiq yigitlar sifatida tanishtirib, dehqonobodlik tanishlari — Odina va Zarinaning ko‘ngliga yo‘l topadi. Qizlarning rasmini olishni uddalagan ‘oshiqlar’ rasmlarni fotoshopda qayta ishlab, qizlarning uyatsiz rasmlarini o‘zlariga qayta yuboradi. Va mazkur rasmlarni internetda tarqatishini aytib, qizlarni qo‘rqitadi. Bu ishni qilmaslik evaziga esa pul so‘raydi», — deydi Dilshod Mirzayev.

Qayd etilishicha, Zarina va Odina tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, mazkur holat haqida xabar beradi. Tuman IIB XPB 1-sonli HTM profilaktika inspektori Xisrav Shamsiyev tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borgan. Va tez orada gumondorlar — Olim va Odil qo‘lga olingan.

Mazkur ishni ko‘rib chiqqan Jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudi huquqbuzarlarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) hamda 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ayblab, ularning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan. Shuningdek, huquqbuzarlar qamoqda o‘tirgan har bir sutka uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida jarima to‘laydigan bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!