Qashqadaryoda uchta qishloqni xavotirga solgan "Denovbola" yo‘li ochildi

Qashqadaryoda uchta qishloqni xavotirga solgan "Denovbola" yo‘li ochildi

Ma’lumki, Denovbolo, Aspiduxtar va Shut qishloqlari Kitob tumanining tog‘li va chegara hududida joylashgan.

2019 yil may oyida sodir bo‘lgan ko‘chki tufayli bu uchala qishloqni tuman bilan bog‘lab turgan yo‘l to‘silib qolgan edi.Ushbu yo‘lni ochish ishlari katta mablag‘ va vaqt talab qilib,uning ustiga xavflilik darajasi yuqori bo‘lganligi bois,aholining ehtiyojidan kelib chiqib vaqtinchalik tor tog‘ yo‘li shakllantirilib foydalanib kelindi.Qashqadaryo  viloyati hokimining 2020 yil iyul oyidagi Denovbolo qishlog‘iga tashrifi chog‘ida ushbu muammo yana bir bor ko‘tarilib, tog‘lik aholi hokimdan bu muammoning hal etilishida viloyat darajasida yordam qilinishini so‘rashdi.

"Amu - Qashqadaryo "Irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi va tuman hokimligining hamkorlikdagi harakati, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, suv xo‘jaligi bo‘limi va mahalliy aholi vakillarining jonbozligi bilan tog‘ yo‘li qayta tiklandi.

Endilikda, har uchala qishloq  aholisi va bu yerga keladigan mehmonlar xavfli 2700 metrli yo‘ldan emas balki qisqa hamda xavfsiz 650 metrli yo‘ldan yurish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Juda katta ko‘lamli ishni hamjihatlikda hal bo‘lganligi, odamlar mushkuli  osonlashganligidan minnatdor bo‘lgan el, rahbarlar hamda mutaxassislarni duo qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!