Qashqadaryoda samosud qilingan yigit yuzasidan rasmiy munosabat berildi

Qashqadaryoda samosud qilingan yigit yuzasidan rasmiy munosabat berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Qashqadaryoda bir yigitni »samosud« qilgan shaxslar qo‘lga olindi» nomli tarqalgan videolavha yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabati bildirdi.

Joriy yilning 21 aprel kuni taxminan soat 16-00 larda Qarshi shahrida yashovchi T.A. tanishlari bilan bir guruhga birlashib, o‘zaro kelishmovchilik natijasida Qarshi tumanida yashovchi X. D.ni Qarshi shahar «Vatanparvarlar bog‘i» oldidan «Matiz» rusumli avtomashinaga mindirib, shaharning G‘afur G‘ulom mahallasining chekka hududiga olib borib, kaltaklagan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida mas’ul tashkilotlar ishtirokida maktab o‘quvchisini dars jarayonlaridagi ishtiroklari, maktabdagi mas’ul xodimlarni o‘z vazifasini bajarishdagi sustkashliklari ham keng muhokama etilib, ularga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!