Qashqadaryoda karantinni buzgan 2 erkak halok bo‘ldi, yana 2 tasi kasalxonada

Qashqadaryoda karantinni buzgan 2 erkak halok bo‘ldi, yana 2 tasi kasalxonada

Bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tufayli karantin joriy etilgan. Bunda fuqarolar hayotiy zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqishlari qat’iy taqiqlangan. Lekin ba’zi fuqarolar uyda o‘tirish o‘rniga bilsa hazil, bilmasa chin qabilida karantinda ko‘chaga chiqqani yetmagandek, avtomobil boshqarishdan to‘xtamayapti. Natijada og‘ir oqibatli YTH sodir bo‘lmoqda. Jumladan, 2020 yil 07-aprel kuni soat 18:00 larda, Chiroqchi tumani Annaro‘z MFY Annaro‘z qishlog‘ida yashovchi X.Tulayev o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli, 70 V 501 LA davlat raqamli  avtomashinasini “Annaro‘z-Oqto‘nli” yo‘lidan harakatlanib borib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

 Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar M.B va G‘.X.lar hodisa joyida vafot etgan bo‘lsa, X.T va Y.R.lar tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Ommaviy karantin tadbirida uyda o‘tirmagan bu fuqarolar o‘z umriga o‘zi zomin bo‘ldi desak, mubolag‘a emas.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!